Ko'p so'raladigan savollar
Bron qilish uchun pul to'lash kerakmi?+
Yo'q, bron qilish bepul. To'lovni joyida yoki Payme/Click orqali amalga oshirasiz — provayder qaysi usulni qo'llab-quvvatlashiga qarab.
Bronni bekor qilsam bo'ladimi?+
Ha. Har bir obyektning bepul bekor qilish muddati bor (masalan, boshlanishidan 12 soat oldin). Muddat ichida bekor qilish bepul, kechiksangiz provayder shartlariga bog'liq.
Bron tasdiqlanganini qayerdan bilaman?+
Tasdiqlangan zahoti SMS keladi, boshlanishidan 24 soat oldin eslatma ham yuboramiz. Bronlarim bo'limida holatni doim ko'rasiz.
Chegirma (aksiya) qanday ishlaydi?+
Provayderda faol aksiya bo'lsa, chegirma bron narxiga avtomatik qo'llanadi — alohida promokod kerak emas.
Obyektimni qanday joylayman?+
Kirish → Kabinet → Yangi obyekt. Lokatsiya, resurs va ish jadvalini kiriting — mijozlar darhol band qila boshlaydi. Joylashish bepul.
Mijoz kelmasa nima bo'ladi?+
Provayder kabinetida bronni "Kelmadi" deb belgilashi mumkin. Tez-tez kelmaydigan mijozlar uchun cheklovlar ustida ishlayapmiz.
Savol, taklif yoki muammo bo'lsa — yozing, tez orada javob beramiz. support@bandmi.uz